O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 10-iyul kuni Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasida “Oq oltin – Selinniy” va “Malik – Sirdaryo” o‘tkazish punktlarining rasmiy ochilish marosimini o‘tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Ushbu punktlar M-39 yo‘lining Qozog‘iston hududidagi qismidan foydalanishga imkon beradi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22—23-mart kunlari Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida diplomatik kanallar orqali O‘zbekiston Hukumati bilan Qozog‘iston Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi Bitimga 2006-yil 4-sentabrda imzolangan Bayonnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli bayonnoma imzolangan edi.
Izoh (0)