Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

It sovuqda bir o‘zi qoldirilgan bolakayni ikki kun harorati bilan isitib, joniga oro kirdi. Hodisa Oltoy o‘lkasining Loktev tumanida yanvar oyida ro‘y berdi, deya hikoya qiladi “Fotoshedevri”.

Foto: “Fotoshedevri”

Foto: “Fotoshedevri”

Yengil kiyimda bo‘lgan bolani uy yonidan o‘tib ketayotgan erkak payqadi. To‘g‘rirog‘i, u oldinroq bolani bag‘riga olgan itni ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, onasi uni qishki kiyim va yeguliksiz qoldirgan ekan. Qattiq sovqotgan bola shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kasalxonaga yuborildi.

Tuman prokurori Mariya Abrashenkoga ko‘ra, tashlab ketilgan bolakay faqat uni harorati bilan isitgan it tufayli tirik qoldi.

Foto: “Fotoshedevri”

Foto: “Fotoshedevri”

2 yoshli o‘g‘lini isitilmaydigan ayvonda qoldirgan ayolga nisbatan jinoiy qo‘zg‘atildi. U bola topilganidan 4 kun o‘tib paydo bo‘ldi. Ayolni onalik huquqidan ham mahrum etishga qaror qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi