Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Manila (Filippin) hayvonot bog‘ida dunyodagi eng qari — 65 yoshli Berta laqabli urg‘ochi begemot o‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Hayvonot bog‘i direktori Xames Dichaves 2,5 tonnali jonivor o‘zining maydonchasida 7-iyul, juma kuni o‘lik holda topilganini ma’lum qildi. Tibbiy tekshiruvlar uning o‘limi organizmdagi ko‘plab organlar faoliyati to‘xtagani tufayli ro‘y berganini ko‘rsatdi. 

Berta hayvonot bog‘i ochilgan vaqtdan — 1959-yildan beri bu yerda yashab kelardi. Uning jufti o‘tgan asrning 80-yillaridayoq o‘lib ketgan, juftlik nasl qoldirishga ulgurmagandi.

Ma’lumot uchun, begemotlarning tutqunlikdagi o‘rtacha hayot davomiyligi 40—50 yilni tashkil etadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)