Xitoy mezbonlik qilayotgan M-Legend xalqaro turnirida qatorasiga ikkinchi bor yarim finalga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov kecha — 9-iyul kuni Topking World Series uchun jang qildi.
Unga braziliyalik Marlon Ribeyro Dos Santos raqiblik qilishi haqida ma’lumot berilgandi. “Olamsport”ning qayd etishicha, jang o‘zbekistonlik sportchining 1-raunddayoq g‘alaba qozonishi bilan yakuniga yetgan. Anvar Boynazarov ilk raunddayoq raqibini nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Aslida Boynazarov M-Legend yarim finalida jang qilish uchun jo‘nab ketgandi. Biroq musobaqa yarim finallariga sanoqli kunlar qolganda, u boshqa kunga qoldirildi. Bundan foydalangan Anvar Boynazarov Topking World Series uchun jang o‘tkazib oldi.
Izoh (0)