Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi Ukraina delegatsiyasi tomonidan taklif etilgan “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligining tiklanishi” nomli rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya bu rezolyutsiyaga qat’iyan qarshi chiqdi, lekin, shunga qaramay, hujjat qabul qilindi.
Shunda Rosiya Davlat Dumasi vitse-spikeri, Rossiya delegatsiyasi rahbari Pyotr Tolstoy butun Minsk deklaratsiyasining qabul qilinishiga qarshi chiqishni taklif qildi. Lekin uning taklifi rad etildi.
Rezolyutsiyada Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari, mustaqilligi va suvereniteti to‘liq tan olinishi haqida gapiriladi. Ushbu chegaralar tarkibiga Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahri ham kirishi aytib o‘tiladi.
Shuningdek, YeXHT hujjatda Qrim va Sevastopol Rossiya tomonidan okkupatsiya qilinganini, shuningdek, Rossiya Donbassda Ukrainaga qarshi gibrid tajovuzni davom ettirayotganini qoralab chiqdi.
Nihoyat, YeXHT Rossiyani Ukrainada jangarilar yuborish, mablag‘ bilan ta’minlash, qurol yetkazish yo‘llari bilan terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi.
Izoh (0)