• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sardor Rashidov: “Siti”da sharoit qanday bo‘lsa, “Jazira”da ham shunday. Chunki xo‘jayin bitta

    Faoliyatini Amirliklarning “Al-Jazira” klubida davom ettirishga qaror qilgan va ikki yillik shartnomaga imzo chekkan Sardor Rashidov “Interfutbol” gazetasiga intervyu berdi.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Rashidovning oldida Qatar va Amirliklarning boshqa klublaridan ham takliflar bor bo‘lsa-da, futbolchi mamlakatning amaldagi chempioni safida o‘ynashni afzal bildi. Jurnalist Kamoliddin Alimovning birinchi savoli nega aynan “Al-Jazira” deb boshlandi.

    Shaxsan klub prezidenti va bosh murabbiy meni jamoa safida ko‘rishni istadi. Bu birinchi muhim omil bo‘ldi. “Al-Jazira”ning klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashishi bir to‘xtamga kelishimni osonlashtirdi. Salohiyatimni dunyoning grand klublariga qarshi o‘yinlarda sinab ko‘rish xohishi kuchlilik qildi. “Al-Jazira” mavsum yakuniga ko‘ra BAA chempioni ham bo‘lgandi. Hammasi bir bo‘lib, shu taklifni qabul qildim. Bundan xursandman.

    Sardor Rashidov, “Al-Jazira” a’zosi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Rashidov nima sababdan Qatarda qolishni istamagani borasida ham tushuntirish bergan. Shuningdek, u to‘p surgan “Al-Jaish” klubining “Lahviya” bilan qo‘shib yuborilishini tanqid ostiga olgan.

    Qatarda qolishni istamadim. Faoliyatimda burilish yasashni xohladim. Agar Yulduzlar ligasida qolganimda, hozirgi imkoniyatga ega bo‘lmasdim. O‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rish istagi balandroq edi.

    Qatarning ikki yetakchi klubini birlashtirish g‘oyasi mamlakat futbol federatsiyasidan chiqqani aniq. Menimcha bu unchalik to‘g‘ri qaror bo‘lmadi. Birlashishda ma’no ko‘rmayapman.

    “Al-Jaish” Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan klublardan biri edi. Federatsiyaning qarori bilan chempionatdagi raqobatga ham ma’lum darajada putur yetadi. Axir “Jaish” chempionlik uchun kurashadigan 3—4 jamoa qatorida gavdalanayotgandi. Endi esa faqatgina “As-Sadd” va yangi tuzilgan jamoa qoldi. Xulosam shu — bu qaror Yulduzlar ligasida saviya pasayishiga olib keladi. Shu bois Qatarda qolish variantiga ijobiy qaramadim.

    Sardor Rashidov, “Al-Jazira” a’zosi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Avvalroq Sardor “Al-Ayn” yetakchisi, Osiyoning 2016-yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon ikki marta qo‘ng‘iroq qilib, jamoadosh bo‘lishni taklif qilgani borasida aytgandi. Shunga qaramay, o‘zbekistonlik futbolchi bu taklifni qanoatlantirmadi.

    Bilishimcha, Umar Abdulrahmon klub rahbarlariga meni xarid qilishni tavsiya etgan va ular nomzodimga qiziqib qarashgan. Lekin “Al-Ayn” kelasi mavsum Chempionlar ligasida qatnashmaydi. Klub BAA chempionatini bor-yo‘g‘i 4-o‘rinda yakunladi.

    Sardor Rashidov, “Al-Jazira” a’zosi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Futbolchining tan olib aytishicha, moliyaviy tomondan olib qaraganda “Al-Jazira”ning taklifi “Al-Jaish”nikidan yaxshiroq. Shu boisdan ham Rashidov yangi shartnomaga imzo chekishni ortiq paysalga solib o‘tirmagan.

    Rashidov “Al-Jazira”da 10-raqamni qo‘lga kirita olmadi. Bu raqam Odil Ahmedovning “Anji”dagi jamoadoshi Mubarak Bussufaga tegishli. 14-iyul kuni Sardor “Al-Jazira” safiga yetib boradi. U bilan birgalikda klub mashg‘ulotlariga mashhur Lassana Diarra ham qo‘shiladi.

    “Al-Jazira” bazasi masalasida qandaydir shubhaga o‘rin yo‘q. “Manchester Siti”da qanday sharoit yaratilgan bo‘lsa, “Jazira”da ham xuddi shunday. Chunki klub aynan “Manchester Siti” xo‘jayiniga tegishli.

    Sardor Rashidov, “Al-Jazira” a’zosi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi “Al-Jazira” bosh murabbiyi bilan gaplashib ulgurmagan. Har ikki tomon ta’tildan qaytishgach, Dubayda bu ish amalga oshadi. Shuningdek, Sardor Rashidovga Amirliklardan uy berilish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

    Foto: “Al-Jaish”

    Foto: “Al-Jaish”

    Intervyu yakunida Rashidov Krishtianu Ronaldu “Real”dan ketmasligini istashi haqida aytib o‘tgan. Chunki portugaliyalik klubida qolsa, Jahon chempionatida unga qarshi o‘ynash uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin.

    09.07.2017, 10:51   Izoh (0)   52045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘FFning 70 yoshga to‘lgan prezidenti Mirabror Usmonovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

    04.07.2017, 19:54

    KK—2017. 3-o‘rin Ronaldusiz maydonga tushgan Portugaliyaga nasib etdi. Bugun chempion nomi ma’lum bo‘ladi

    02.07.2017, 20:08

    KK—2017. Yarim final juftliklari ma’lum: Portugaliya—Chili, Germaniya—Meksika

    26.06.2017, 08:58

    Milliy termadan haydalish arafasida turgan Samvel Babayan tarqalib ketish ostonasidagi klub bilan muzokaralar o‘tkazdi

    25.06.2017, 20:12

    KK—2017. Bugun Germaniya—Kamerun va Chili—Avstraliya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi

    25.06.2017, 15:19

    Konfederatsiyalar kubogi. Rossiyaga o‘z uyidagi devorlar ham yordam bera olmadi, Portugaliya va Meksika esa yarim finalga chiqdi

    25.06.2017, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.