Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralarining mas’ul xodimlari joriy yilning o‘tgan davrida san’atkolarning litsenziyalari bilan tanishish maqsadida 37 ta reyd-tadbirlarni tashkil qildi. Bu haqda “KRuz.uz” sayti xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu tadbirlar davomida 23 holat aniqlanib, ularga 8,2 million so‘mlik ma’muriy jarima choralari ko‘rildi.
Jumladan, beruniylik B. Jaksoliqova, to‘rtko‘llik Sh. Artiqbayeva, N. Yusupovalar o‘zlari iqstiqomat qiluvchi tumanlardagi to‘yxonalarda raqqosalik, to‘rtko‘llik O. Nurmanov boshlovchilik, beruniylik M. Matyakubov, qo‘ng‘irotlik J. Jantayevlar qo‘shiq aytib, aholiga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatib kelganligi uchun ma’muriy jazoga tortildi.
Izoh (0)