Qrimning Sevastopol va Kerch shaharlarida delfinlar halok bo‘layotgani qayd etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga qaraganda, birgina Sevastopolning Balaklava plyajiga olti delfinning jasadi suv bilan olib kelib tashlangan.
Kerchda istiqomat qiluvchi ayol plyajdan qirilib ketish arafasida turgan Azov delfinining jasadini topgan. Jonivorning boshida yara bor edi.
“Menga delfinning tanasi olib tashlanishini xabar qilishdi. Men delfin nega halok bo‘lganini aniqlash bilan shug‘ullanish-shug‘ullanmasliklarini so‘radim? Ular shug‘ullanmasliklarini aytdi”, — ma’lum qildi ayol.
Izoh (0)