Air Koryo KXDRning yagona aviakompaniyasi hisoblanadi. 2006-yilda Yevropa Ittifoqi KXDRdan keladigan reyslarni taqiqlab qo‘ygan. O‘tgan yili esa Bangkok, Kuala-Lumpur va Kuvaytga uchuvchi reyslar ham to‘xtatilgan. So‘nggi yillarda joriy etilgan xalqaro sanksiyalar Shimoliy Koreya aviatsiyasining parvozlarini cheklab qo‘ygan, faqat Xitoy va Vladivostokka uchuvchi yo‘nalishlar qolgan. Kamdan-kam bo‘ladigan ichki reyslar hisobiga uchuvchilar o‘z parvoz ko‘nikmalarini saqlab turibdi. Asosiy samolyotlar esa eski An, Il va Tu hisoblanib, ularning umumiy soni 15 tani tashkil qiladi. Il-62 Kim Chen Inning shaxsiy samolyoti hisoblanadi. “Gazeta.ru” mazkur mamlakat aviatsiyasi aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Fotogalereya: Shimoliy Koreya aviatsiyasi
×
Izoh (0)