O‘zi bilan soyabon, hassa va yirik tishli oyoq kiyim olish
Macho-Pikchudagi YuNESKO yodgorligini ko‘rish uchun borishda o‘zi bilan soyabon olish yoki hassa hamda yirik tishli oyoq kiyim va katta safar xaltada borish taqiqlangan.
Taqiq sayyohlar esdalik uchun o‘zi bilan biror narsa olib ketmasligi uchun o‘rnatilgan.Ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga olish
Shveysariyaning Burgun kommunasida joriy yilning may oyidan boshlab Facebook yoki Instagram uchun suratga olish taqiqlangan.
Qoidaga bo‘ysunmaganlar uchun jarima besh yevroni tashkil qiladi. Taqiqning rasmiy sababi, qanchalik kulguli bo‘lmasin, odamlar haqida g‘amxo‘rlik hisoblanadi.
“Ta’til vaqtida olingan va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan chiroyli suratlar ularni tomosha qilayotganlarni baxtsiz qilishi ilmiy jihatdan isbotlangan, chunki ularning o‘zi bu joylarda bo‘lmagan”, — deyiladi sayyohlik byurosining xabarida.Devorga chiqish
Myanma rasmiylari qadimiy Pagan shahrida ibodatxonalar ustiga chiqishni taqiqladi.
Quyosh botishini tomosha qilish Myanmaga kelishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Rasmiylar Paganni YuNESKO ro‘yxatiga kiritish uchun sayyohlarga ibodatxonalar ustiga chiqishni taqiqladi.Soxta esdaliklar sotib olish, kabutarlarni ovqatlantirish va qumdan qal’alar qurish
Venetsiya yaqinidagi plyajlarda qumdan qal’alar qurish, chig‘anoqlarni esdalik sifatida olib ketish taqiqlangan. Bunday ishlar uchun jarima 25 yevrodan 250 yevrogachani tashkil qiladi.
San-Marko maydonida kabutarlarni ovqatlantirgan sayyohlar esa 500 yevro jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, soxta mahsulotlarni sotib olish uchun jarima 7 yevrodan ming yevrogacha bo‘lishi mumkin.Uch kishining ovqatini yeyish
Turkiyada ko‘zi ochlar o‘z ochko‘zligi uchun jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Kemer mehmonxonalaridan biri qoidalar ro‘yxatini e’lon qildi. Qoidalarga ko‘ra, agar dam oluvchining taqsimchasida yarimdan ko‘proq yeyilmagan ovqat qolsa, u 10 dollar miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.Transportda ovqatlanish
Singapurdagi jamoat transportida yeyish ham, ichish ham qat’iy taqiqlangan. Shuningdek, yosh bolalarni ham ovqatlantirish mumkin emas. Hatto jaziramada chanqaganlar bir qultum suv ichishi ham mumkin emas.
Taqiq bekorga kiritilmagan: ichimliklar o‘rindiqlarga, boshqa yo‘lovchilarning ustiga yoki polga to‘kilishi mumkin. Natijada kimdir sirpanib, yiqilishi mumkin.
Shu tariqa rasmiylar harakat vaqtida qulay sharoitlarni yaratishga urinmoqda.Mahalliy valyutada to‘lov qilish, yakka sayr qilish va suratga olish
Sayyohlar uchun taqiqlar bo‘yicha rekordchi Shimoliy Koreya hisoblanadi. Mamlakatda sayyohlar faqat xorijiy valyutada to‘lov qilishi mumkin. ovqatlanish, turar joy va boshqa shu kabi xarajatlar odatda sayohat xarajatlariga kiritiladi. Mahalliy valyuta talab qilinadigan suvenirlar sotib olishdan esa sayyohlar o‘zini tiyishiga to‘g‘ri keladi.
Yakka sayr qilayotgan sayyohga darhol politsiyaning e’tibori tushadi. Yaxshiroq holat — politsiya sayyohni mashinada mehmonxonaga olib borib qo‘yadi, yomoni — sayyoh qamoqqa olinadi.
Mudofaaga bog‘liq obyektlarni, aeroportlarni, harbiylarni va hatto ko‘priklarni uzoqdan bo‘lsa ham suratga olish qat’iyan taqiqlangan.
Izoh (0)