7-iyul kuni Toshkent shahri hududida to‘rtta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Mazkur yo‘l-transport hodisasida besh kishi tan jarohati oldi, bir kishi vafot etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
Shuningdek, hisobot davrida YPX inspektorlari tomonidan jami 1838 huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 566 tasini qo‘pol turdagi, 17 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1074 huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 530 tasini svetoforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 544 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etdi.
Izoh (0)