Turkiyalik 73 yoshli baliqchi Kozim Perchin Birinchi jahon urushi davriga oid snaryadni arralayman deb portlab ketdi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Baliqchi minani Erenko‘y shahrida (Chanoqqal’a viloyati) topib oldi. U snaryadni uyga olib kelib, korpusini ochishga urinib ko‘rdi va poroxni olish uchun uni arralay boshladi. Snaryad harakatga keldi.
Mahalliy politsiya portlovchi uskuna taxminan 1915-yilga oidligini va Gallipoli yarim orolida bo‘lib o‘tgan Chanoqqal’a jangidan saqlanib qolganini bildirdi.
Kozim Perchin antikvar buyumlarini to‘plashga qiziqar edi. Uning uyidan Usmonlilar saltanati va Rim imperiyasi davriga oid 112 tarixiy artefakt va 54 eski tanga topildi.
Izoh (0)