Rossiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi nazorat organi — “Rosselxoznadzor” O‘zbekiston veterinariya xizmatini noqonuniy ekzotik hayvonlar savdosida gumon qilmoqda. Shu munosabat bilan 7-iyuldan e’tiboran O‘zbekistondan Rossiyaga bunday jonivorlarning olib kirilishiga taqiq qo‘yildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Taqiq notijoriy maqsadlarda egalari tomonidan hamroh sifatida olib ketilayotgan jonivorlarga nisbatan amal qilmaydi.
Hujjatlarda O‘zbekistondan Rossiyaga olib kirilgan ekzotik jonivorlar barcha tekshiruvlardan o‘tkazilgani aytilgan. Ammo tekshiruv chog‘ida O‘zbekistonda bunday tekshiruv o‘tkazadigan laboratoriyalar yo‘qligi aniqlandi.
Ilgari agentlikning O‘zbekistonga yuborilgan mutaxassislari rossiyalik tadbirkorlarga primatlar va ekzotik jonivorlarning yetkazilishini nolegal deb hisoblash mumkin degan xulosaga kelgan edi, negaki O‘zbekistonda bunday jonivorlar va qushlarni yetishtirish yo‘lga qo‘yilmagan.
“O‘zbekiston veterinariya xizmati jonivorlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirar ekan, Janubi-Sharqiy Osiyoda katta qilingan primatlar va ekzotik qushlarning yetkazilishini legallashtirishga harakat qilgani ehtimoli bor”, — deyiladi “Rosselxoznadzor” bayonotida.
Izoh (0)