Kataloniyaning “Barselona” klubi Jeremi Matyo bilan tuzilgan shartnomani muddatilan oldinroq bekor qildi.
Fransiyalik himoyachi faoliyatini Portugaliyaning “Sporting” klubida davom ettiradi. Klub va 33 yoshli futbolchi o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolangan.
Jeremi Matyo “Barselona” libosini ilk marta 2014-yilda kiygan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida klubi bilan 9 ta sovrin yutib olishga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachi kataloniyaliklar sharafini 91 ta uchrashuvda himoya qilib, 4 ta gol urishga erishdi.
Izoh (0)