Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 7-iyul, juma kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Qatarni amirlik atrofidagi diplomatik tanglikni bartaraf etishni istamaslikda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, arab davlatlari Qatar egallagan qat’iy mavqe amirlikning terrorchilar bilan aloqalarini tasdiqlayotganini da’vo qilmoqda.

Doha Kuvaytning muammoni hal etish bo‘yicha urinishlarini chippakka chiqarib, tanglikni bartaraf qilishga qaratilgan talablarni rad etmoqda. Shu bilan birga, Qatar Fors ko‘rfazi va arab dunyosining ajralmas qismi hisoblanadi. 

“Biz huquqlarimiz, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, manfaatlarimizni Qatar rahbariyatining tajovuzkorona siyosatidan himoya qilish uchun o‘zimiz zarur deb bilgan siyosiy, iqtisodiy va qonunchilik ko‘rinishidagi barcha choralarni ko‘ramiz”, — deyiladi bayonotda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?