“O‘zbekiston Xalqaro kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) qayta a’zo bo‘lish masalasini ko‘rib chiqmayapti va istiqbolda ham bu masalani muhokama qilish rejalari yo‘q” — deya javob berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shu masala bo‘yicha 5-iyulda bo‘lib o‘tgan muloqotda berilgan savolga.
Vazir O‘zbekiston o‘zining hech qanday harbiy yoki siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik konsepsiyasida sodiq qolishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, bu masala Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi vaqtida ham muhokama qilinmaganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)