O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni bosh prokuror o‘rinbosarlarini tayinlash borasida № PQ—5103 qarorga imzo chekdi, deb xabar berdi Uz24.

Foto: “Prokuratura.uz”

Unga ko‘ra, Murodjon Azimov bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bekzod Mavlonov esa bosh prokuror o‘rinbosari lavozimini egalladi.