WikiLeaks o‘tgan hafta chop etgan hujjatlar AQSh maxsus xizmati raqamli qurilmalarning dasturiy ta’minotini o‘z nazoratiga olish va ularni kutilmagan funksional amallarni bajarishiga sabab bo‘luvchi zararli dasturlardan faol ravishda foydalanayotganini tasdiqladi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
MRB tomonidan ishlab chiqarilgan “Yig‘layotgan farishta” virusi smart-televizorlarni yashirin mikrofonga aylantirib qo‘yadi. Ushbu dastur bilan zararlangan qurilmaga o‘chiq turgan bo‘lishiga qaramay, suhbatlani yozib olib MRB serverlariga internet orqali jo‘natayotgan bo‘ladi.
2014-yilda MRB zamonaviy yengil avtomobillar va yuk mashinalarinining boshqaruv tizimini virus bilan zararlab masofadan turib nazoratni qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rgangan. Bu operatsiya MRBga mashinaning to‘liq harakatini, ichidagi insonlarning suhbatlarini yozib olish imkoniyatini bergan bo‘lardi.
MRB tomonidan mashhur smartfonlarni buzib kirishning bir nechta usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu orqali ular foydalanuvchining manzilini bilib olishi, ovozli hamda matnli xabarlarini o‘qish, shuningdek, smartfon kamerasi hamda mikrofonini yoqishi mumkin.
iPhone’ning smartfonlar bozoridagi kichik ulushiga qaramay (2016-yilda 14,5 foiz) MRBda iOS qurilmasini, masalan iPad’ni qo‘lga olish imkoni beruvchi viruslarni ishlab chiqarish ustida ishlaydigan bo‘lim bor. Bunga sabab Apple mahsulotlaridan ko‘proq elita qatlamning foydalanishi.
MRB arsenali WhatsApp, Signal, Telegram, Weibo, Confide va Cloakman’larning operatsion tizimini buzib audio va matnli xabarlar shifrlanguniga qadar ularni o‘qish imkoni beradi.
MRB Windows, Mac OS, Solaris, Linux va boshqa tizimlarda ishlay oladigan avtomatik multiplatforma tizimini yaratgan bo‘lib, u qurilmani zararlashi va uning ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishi mumkin.
Izoh (0)