O‘zbekiston Professional futbol ligasining Tartib-intizom qo‘mitasi hakamlarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgan 5 nafar futbolchiga jazo choralarini ko‘rdi. Bu haqda PFL sayti xabar berdi.
Shu tariqa futbol referilarini haqorat qilgani uchun “So‘g‘diyona” vakili Sanjar Rashidov hamda “Lokomotiv-BFK” futbolchisi Nurbek Sidabullayev 3 tadan, “Mash’al” murabbiyi Ruslan Ahmedov va “Xorazm” murabbiyi G‘ayrat Shixov 5 tadan o‘yinda chetlatilgan.
Sanjar Rashidov O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidovning ukasi hisoblanadi.
Izoh (0)