Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Twitter’dagi sahifasini AQSh prezidenti Donald Tramp kabi yuritishni istashini tan oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning fikricha, Trampning siyosatga yondashuvi butun dunyo odamlarini hayratga soldi.
“O‘z tvitlari va fe’l-atvori bilan u odamlarni siyosatga qiziqtirdi, bunaqasi ko‘pdan buyon bo‘lmagandi. Albatta, menga u kabi yozishga ruxsat berishmaydi, lekin men buni juda xohlardim”, — xulosa qildi vazir.
Izoh (0)