Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan “Xvanson-14” qit’alararo ballistik raketasi yadro kallagini eltishga qodir. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Raketa parvozi bilan birgalikda mobil uchirish qurilmasi ham sinovdan o‘tkazilgani bildirilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, KXDR rahbari Kim Chen In raketa uchirilishini shaxsan kuzatgan. U 4-iyulda o‘tkazilgan mazkur sinovni “AQSh mustaqilligi kuniga sovg‘alar to‘plami” deb atadi. Pxenyan Qo‘shma Shtatlar KXDRga nisbatan dushmanlik siyosatini to‘xtatmaguncha Vashington bilan yadro qurollari hamda ballistik raketalar masalasida muzokaralar o‘tkazilmasligini bildirdi.
https://youtu.be/nSujxjPkJFY
Izoh (0)