Pskov viloyatining Kuprovshchina qishlog‘i yaqinida 28 ziyoratchi ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borganida ag‘darilish yer ko‘chishi oqibatida ro‘y bergani aniqlangan. Avtobus yo‘l chetida to‘xtaganida ko‘chish sodir bo‘lgan.
Avtobusda jami 30 kishi bor edi. Ulardan 28 nafari Moskva viloyatidan bo‘lib, Pskovga ziyoratga ketayotgan edi.
Izoh (0)