Kuvaytda havo harorati Selsiy bo‘yicha 49 darajaga ko‘tarildi. Jazirama tufayli bir yuk mashinasi erib ketgan asfaltga botib qoldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ekstremal issiqlik tufayli hukumat dafn marosimlari va janoza namozlarini kechki payt o‘tkazishga ruxsat berdi. Ayrim fuqarolar jazirama tufayli ushbu marosimlarda ishtirok eta olmayotganidan nolib kelayotgan edi.
Izoh (0)