Hindiston rasmiylari G‘arbiy Bengaliya shtatining ikkinchi kundan beri dinlararo to‘qnashuvlar tinmayotgan hududlaridan biriga shoshilinch ravishda 400 dan ortiq harbiy yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
NDTV telekanali tartibsizliklar hinduiylar va musulmonlar istiqomat qiladigan Shimoliy 24 Pargani hududida boshlanganini ma’lum qildi.
Mojaroga Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan mahalliy obidalardan biri haqidagi (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, payg‘ambar Muhammad s.a.v tilga olingan) haqoratli post sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Uni yozgan yigit qo‘lga olindi.
Okrugda olomon yo‘llarni to‘sib, do‘kon va rastalarga hujum uyushtirmoqda. Musulmon va hinduiy jamoalari yetakchilari bir-birini fitna va zo‘ravonliklarda ayblamoqda.
Hodisa oqibatida ko‘plab jabrlanganlar borligi haqida xabar berilmoqda, biroq qurbonlar haqida rasman ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)