Rossiya liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Moskva gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi markazini tarqatib yuborishni talab qilib chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Siyosatchi sinoptiklarni ular moskvaliklarni yaqinlashayotgan yomg‘irdan ogohlantirmagani uchun tanqid ostiga oldi.
“Hatto men Moskvaga qora bulutlar yaqinlashganini ko‘rdi. Derazani oching, siz — Moskva gidrometmarkazi amaldorlari. Nega 20 daqiqadan so‘ng jala quyishidan ogohlantirmadingiz?” — deb o‘z noroziligini ifodaladi siyosatchi.
Jirinovskiyning so‘zlariga qaraganda, u hayotida birinchi marta yomg‘ir ostida shalabbo bo‘ldi, ammo tezda zaxira kostyum va poyabzalini kiyib oldi.
Izoh (0)