Nyu-Yorkdagi zamonaviy san’at muzeyi Fiat 500 xetchbekini o‘z kolleksiyasiga. Bu qaror modelning 60 yillik yubileyi munosabati bilan qabul qilindi— 1957-yil 4-iyulda Turinda avtomobilning birinchi namunalari taqdim etilgan edi, deb xabar beradi Motor nashri.
Muzey modelning 1965–1972-yillarda chiqarilgan eng muvaffaqiyatli modifikatsiyalaridan biri bo‘lmish 500 F namunasini o‘z kolleksiyasida joylashtiradi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ekzemplyar oq rangda bo‘ladi.
Shuningdek, zamonaviy san’at kolleksiyasida Cisitalia 202 GT (1946), Willys-Overland Jeep (1952), Volkswagen Beetle (1959), Jaguar E-Type Roadster (1963), Ferrari 641/2 Grand Prix Racer (1990) va Smart (1998) avtomobillari bor.
Izoh (0)