Qirg‘iziston shimolidagi daryoga ikki jurnalist cho‘kib ketdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Beshtosh qo‘riqxonasi hududidagi daryoga ikkita odam tushib ketgan.
“Avvaliga ayol suvga tushib ketgan, keyin uni qutqarish uchun erkak o‘zini suvga tashlaydi. Lekin tog‘ daryosining kuchli oqimi ularni oqizib ketdi va ular halok bo‘ldi”, — deb ta’kidlaydi matbuot xizmati xodimi.
Vafot etganlarning jasadi qutqaruvchilar kelgunga qadar mahalliy aholi vakillar tomonidan suvdan chiqarib olingan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
34 yoshli Next TV’ning ijrochi direktori Suyun Omurbekov, jamoat teleradiokorporatsiyasining 38 yoshli jurnalisti Elmira Suyutbekova baxtsiz hodisaning qurboniga aylangan.
Izoh (0)