Yakuniga yetgan mavsum so‘nggida Londonning “Chelsi” klubi bilan xayrlashgan Jon Terri faoliyatini “Aston Villa” safida davom ettiradi. Bu haqda birmingemliklar rasmiy sayti ma’lumot berdi.
Chempionship ligada faoliyatini davom ettirayotgan “Aston Villa” Terri bilan 1 yillik shartnoma tuzgan. Vaziyatga qarab u mavsum so‘nggida yana bir yilga ham uzaytirilishi mumkin.
Avvalroq “Chelsi” Terri bilan shartnomani uzaytirishni istamagandi. Shu boisdan himoyachi Birmingem klubiga erkin agent sifatida yetib keldi.
Izoh (0)