Shavkat Mirziyoyev tajriba tariqasida Alisher Sa’dullayevni xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Xalq ta’limi vaziri U. Inoyatov 2-iyul kuni uni selektor yig‘ilishi chog‘ida tanishtirdi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Kamolot” YOIH syezdi chog‘ida Alisher Sa’dullayev O‘zbekistonda chet tillarini o‘rganish istiqbollari yuzasidan o‘z takliflari bilan Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. Shundan so‘ngi Prezident uni xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlashga ko‘rsatma berdi.
Alisher Sa’dullayev 1994-yil 11-iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini (MDIST) bitirgan. Shu paytgacha u Result o‘quv markazining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)