Mexiko shahridagi Templo Mayor astek ibodatxonasi vayronalaridan o‘tkazilgan qazish ishlari chog‘ida 650 bosh chanog‘idan qad ko‘targan minora hamda minglab insonlarning qoldiqlari topildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Minora diametri taxminan 6 metrni tashkil qiladi. Inshoot asteklarning Quyosh va urush xudosi Uitsilopochtli ibodatxonasining bir chekkasida turgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, ispan bosqinchilarni dahshatga solgan bu kabi minoralar haqidagi ma’lumotlar 1521-yili Tenochtitlanni (bugungi Mexikoni) egallagan konkistador Ernan Kortes davridan saqlanib qolgan.
Tarixchilar minoradagi bosh chanoqlari asir tushgan dushman askarlariga tegishli deb hisoblar edi. Ammo yangi aniqlangan minoradagi bosh chanoqlarining katta qismi bolalar va ayollarga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)