Rossiyaning tashqi qarzi hajmi joriy yil boshidan buyon 2,3 foizga o‘sib, 525,7 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda, mamlakat markaziy bankiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“2017-yil 1-apreli holatiga ko‘ra Rossiya tashqi qarzi hajmi 525,7 milliard dollarni tashkil etmoqda, u yil boshidan buyon 11,6 milliard dollarga yoki 2,3 foizga o‘sdi”, — deyiladi regulyator xabarnomasida.
Ta’kidlanishicha, tashqi majburiyatlarning o‘sishiga ko‘p jihatdan Rossiya rublining mustahkamlanishi, shuningdek, chet ellik investorlar tomonidan ikkilamchi bozorda 5 milliard dollar hajmdagi suveren qimmatbaho qog‘ozlarning sotib olinishi sabab bo‘lgan.
Shuningdek, aniqlanishicha, Rossiyaning sof xalqaro investitsion pozitsiyasi 2017-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra 22,2 milliard dollarga oshib, 244,3 milliard dollarni tashkil etgan.
Izoh (0)