Portugaliya terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogining finaliga chiqa olmagach, Krishtianu Ronaldu Rossiyani tark etdi va yangi tug‘ilgan egizak farzandlarini ko‘rishga oshiqdi, deb yozdi “Ria Novosti”.
8-iyun kuni surrogat ona Ronaldu uchun egizak farzandlar tug‘ib bergan bo‘lib, Krishtianu bir o‘g‘il va bir qizga Metyu hamda Yeva deb ism bergandi. Bugun tunda u jajji farzandlarining suratini ommaga oshkor qildi. 10 soat ichida chaqaloqlar surati 6 millionga yaqin layk to‘plab ulgurdi.
Qiyin mavsumni o‘tkazgan, “Real” bilan Ispaniya La ligasi va Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan, shu bilan Konfederatsiyalar kubogi arafasida Portugaliya safiga qo‘shilgan futbolchi ko‘rinishidan endi biroz dam oladi. U Portugaliyaning 2-iyul kuni Meksikaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinida maydonga tushmaydi.
Izoh (0)