Fort Wayne TinCaps beysbol o‘yini vaqtida stadionda hakamlarga suv olib kelgan retviver zotli tillarang it odamlar diqqatini tortdi. Zak Grot suratga olgan videoda it tishlari yordamida suv solingan savatni ko‘tarib, hakamlar o‘rindig‘iga olib kelayotgani tasvirlangan, deb xabar berdi Forum Daily.
Itning laqabi Jeyk va u bir necha yillardan beri Indianadagi beybsbolning quyi liga o‘yinlarida suv tashuvchi bo‘lib “ishlaydi”. Uning shaxsiy sayti ham mavjud bo‘lib, unda “professional beysbolning eng foydali o‘yinchisi” deya yozilgan. Shuningdek, u beysbol koptoklarini ham olib kelib turadi va o‘yinchilarga ruhiy madad berdi.
Izoh (0)