Liviya poytaxtidan Tunisga yo‘l olgan BMT missiyasi xodimlari Tripolidan 45 kilometr g‘arbdagi Az-Zaviya shahrida mahalliy qurolli tuzilmalar tomonidan asir olindi. Bu haqda Liviyaning “218” telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Telekanalga ko‘ra, jangarilar ularni ozod qilish evaziga rasmiylar tomonidan Tripolida hibsga olingan safdoshlari qo‘yib yuborilishini talab qilish niyatida.
Missiyaning garovga olingan barcha a’zolari jabrlanmagani va sog‘-salomat ekanligi, jangarilar esa o‘zlari ilgari surgan talablarga javobni kutayotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)