Braziliya prezidenti Mishel Temer Gamburgda 7—8-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident G20 sammitiga bormaslik haqida qaror qabul qildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Tashrif bekor qilinishi sabablari rasman ma’lum qilinmadi. Biroq UOL internet-portali Temer parlament unga korrupsiyada ayblov e’lon qilish masalasini hal etadigan paytda mamlakatni tark etmaslikka qaror qilganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya bosh prokurori Rodrigo Jano Mishel Temerga nisbatan korrupsiyada ayblovni ilgari surdi va bunga taalluqli hujjatlarni Braziliya Oliy sudi hamda Kongress quyi palatasiga yubordi.
Izoh (0)