Moskva okrug harbiy sudi hakamlar kollegiyasi mamlakat IIV “Shimol” batalyonining sobiq zobiti Zaur Dadayevni hamda uning to‘rt nafar sherigini muxolif siyosatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishida aybdor deb topdi. Hakamlarning qaroriga binoan, besh sudlanuvchining hech biri afvga munosib emas, deb xabar beradi Meduza.
Hakamlar ayblov Dadayev va boshqa sudlanuvchilarning jinoyatni sodir etganini isbotlagan-isbotlamagani haqidagi savolga ijobiy javob berdi. Dadayevni aybdor deb 12 hakamdan o‘n nafari e’lon qildi. Faqat to‘rt hakam uni afvga munosib deb topdi.
Bundan tashqari, sudlanuvchilar noqonuniy qurol saqlashda ham aybdor deb topildi.
Himoya hukmni apellyatsiyaga berishga tayyorlanmoqda.
Boris Nemsov 2015-yil 27-fevralda Moskvaning markazida o‘ldirib ketilgan edi.
Izoh (0)