Qarshining “Nasaf” klubi darvozaboni Eldor Suyunov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin, deb ma’lumot berdi “Championat.asia”. Bunda gap Toshkentning “Paxtakor” klubi haqida boradi.
Norasmiy ma’lumotga ko‘ra, darvozabon “Paxtakor” rahbariyati bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. 2013-yilgi mavsumdan buyon qarshiliklar sharafini himoya qilib kelayotgan Suyunov voqealar rivoji shunday davom etsa, ikkinchi davrani “Paxtakor”da boshlaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanov ham “Paxtakor” a’zosi hisoblanadi. Suyunov Samvel Babayan jamoasida bo‘lgani kabi Lobanovga o‘rinbosarlik qiladimi yoki Shota Arveladze “Nasaf” posbonini asosiy rolda ko‘radimi — aniq emas.
Avvalroq “Nasaf” darvozabonlari murabbiyi Denis Ivankov O‘zbekiston milliy terma jamoasining uch posboni haqida fikr bildirib, Eldor Suyunov hamda Ignatiy Nesterov asosiy darvozabon Aleksandr Lobanovdan kuchliroq ekanini qayd etib o‘tgandi.
Izoh (0)