Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni 2018-yil 31-yanvarga qadar uzaytirdi. Bu haqda maxsus bayonotda aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ushbu qadam texnik xarakterga ega: sanksiyalar muddatini yarim yilga uzaytirish qarori 22-iyun kuni Yevroittifoq sammitida qabul qilingan edi.
Aksilrossiya sanksiyalari paketi oxirgi marta shu yilning yanvaridan 31-iyuligacha uzaytirilgan edi.
Izoh (0)