Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov agarda odam gaz, elektr energiyasi va suvdan qarzdor bo‘lsa, u Hajga bora olmasligini aytib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
“Agar odamning hatto bir so‘m qarzi bo‘lsa ham, uning Haj ziyorati qabul qilinmaydi. Biz bunday odamni hatto samolyotga qo‘ymaymiz”, — dedi u Xalqaro press-klub majlisida.
O‘z chiqishida shahar bosh imom-xatibi Qur’on va Hadisda qarz islomda eng asosiy illatlardan bir hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi. Va Haj ziyoratiga otlanganlar avval odamlar va davlat oldidagi qarzlarini yopishi talab etiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz bo‘yicha qarzdorlik 5 trillion so‘mni tashkil qilgani ta’kidlandi. Bu raqamni Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi direktori Jasur Oripov keltirdi.
Izoh (0)