“EkzoMars-2016” Rossiya–Yevropa missiyasi rahbariyati Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 2020-yili Marsga muvaffaqiyatli ekspeditsiya tashkil eta olishiga ishonmasligini bildirdi. Ammo ular biznesmenning fazoni o‘zlashtirishga qiziqishni oshirayotganini e’tirof etdi, deb xabar beradi “TASS”.
Ilgariroq Mask 2018-yili Masrga boshqaruvchisiz Dragon kemasini yuborishini aytgan edi. Keyinchalik u mazkur safar muddatini 2020-yilga qoldirdi.
“Menda Maskdagi kabi ko‘p pul yo‘q, lekin 100 rubl pulim bor. 100 rubl tikib aytamanki, u 2020-yili Marsga yetib bora olmaydi”, — dedi Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “EkzoMars-2016” missiyasining TGO orbital modulida o‘rnatilgan CaSSIS superaniq kamerasi rahbari, Bern universiteti vakili Nikolya Tomas.
Izoh (0)