Buyuk Britaniya fuqarosi Dubay sudi tomonidan kokain va ekstazi tarqatish bilan shug‘ullangani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda xabar “RIA Novosti” xabar bermoqda.
22 yoshli sayyoh narkotiklar qabul qilish va sotishda aybdor deb topildi. Erkak narkotiklar topilgan Dubaydagi kvartirasi yaqinida qo‘lga olindi.
U hibsga olish chog‘ida ikki punkt bo‘yicha ham aybini tan oldi. Biroq sudda narkotiklar qabul qilgani, biroq sotmaganini bildirdi.
Sud hukmiga 15 kun mobaynida shikoyat keltirish mumkin.
Izoh (0)