AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlarining Suriyada bergan aviazarbasi oqibatida Dayr az-Zavr viloyatida kamida 40 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda, SANA davlat agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, al-Mayadin shahri yaqinidagi ad-Dablan aholi yashash punkti bombalangan. Halok bo‘lganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qiladi.
Bundan tashqari, o‘nlab odamlar jarohat olgan.
Izoh (0)