Eron milliy antidoping xizmati to‘rt nafar sportchini to‘rt yilga o‘z kasbidan chetlashtirdi. Bu haqda Tehran Times nashriga asoslanib, “Championat.asia” ma’lumot berdi.
Bunda sportchilarning ikki nafari anabolik steroid metandiyenon bilan qo‘lga tushgan. Yana ikkitasining organizmidan stanozolol topilgan.
Birinchi ta’qiqlangan modda bilan futbolchi Xabib Gordan hamda suzuvchi Aryan Peham ushlandi. Ikkinchi modda basketbol ustasi Muhsin Rizoiy va gandbolchi Amid Sulaymoniydan chiqib keldi.
Mazkur sportchilar keyingi to‘rt yil davomida hech qanday rasmiy va norasmiy musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. Qolgan sportchilarga na’muna bo‘lishi uchun ham eronliklar mana shunday keskin chora ko‘rishga qaror qilgan.
Izoh (0)