IShID guruhining bir qancha yetakchisi tashkilot a’zolaridan biri o‘zini portlatib yuborishi oqibatida yaralandi. Bu haqda, Iran Front Page nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
25-iyun, yakshanba kuni IShID xudkushlaridan biri guruhning oliy martabali qo‘mondonlari yonidaligini o‘zini portlatib yubordi. Ular Suriya chegarasi yaqinidagi al-Qaim shahrida majlis uchun to‘plangan edi.
Guruhning bir qancha yetakchilari halok bo‘ldi, ayrimlari yaralandi.
Iroqning al-Anbar viloyati xavfsizlik xizmati xodimlarining aytishicha, mazkur akt IShID oxirgi paytlarda ko‘p mag‘lubiyatga uchrayotganining natijasi bo‘ldi. Jangarilarning ruhiy holatiga Iroq armiyasining al-Anbar viloyatini ozod qilish operatsiyasi muvaffaqiyatlari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)