Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Shimoliy Irlandiya Demokratik yunionchilar partiyasi rahbari Arlin Foster parlamentda koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushbu kelishuv doirasida Konservativ partiya parlament ko‘pchiligi maqomi uchun zarar o‘n ovozga ega bo‘ladi. Ushbu ovozlarni partiya saylovda to‘play olmagan edi.
Kelishuv bo‘yicha, shuningdek, Shimoliy Irlandiya 2,4 milliard dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak oladi. Bu mablag‘ sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha kabi tarmoqlarni keyingi ikki yil davomida rivojlantirishga sarflanadi.
Izoh (0)