Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

British Petroleum’ning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2016-yilda neft qazib olish 2015-yilga nisbatan 3,1 foizga kamayib, 2,6 million tonnani tashkil qildi. Tabiiy gaz qazib olish esa 8,4 foizga o‘sib, 62,8 milliard kubometrni tashkil qildi, deb yozadi Trend axborot agentligi.

O‘tgan yili, British Petroleum’ning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 11,4 milliard kubometr, shu jumladan, Rossiyaga 5,6 milliard kubometr, Xitoyga 4,3 milliard kubometr, Qozog‘istonga 1,5 milliard kubometr tabiiy gaz eksport qilgan.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ozarbayjon va turkman sheriklar bilan Kaspiy dengizi havzasida bir nechta qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” bu yo‘nalishda hamkorlikdagi faoliyatni aniqlashtirishni ko‘zda tutuvchi anglashinuv memorandumlarini imzolagan edi.

Xususan, “Turkmennebit” davlat konserni bilan imzolangan memorandum “Kaspiy dengizining Turkmanistondagi konlarini o‘rganish va ularda neft qazib olish bo‘yicha o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatishni nazarda tutadi”.

Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi bilan imzolangan memorandum O‘zbekiston tomonini amalda foydalanilayotgan konlarga hamkor sifatida qabul qilishni ko‘zda tutgan.

“Ozarbayjon tomoni bizga dengizda ishlash uchun xodimlar tayyorlashga, ish uchun texnologik va ruhan tayyorlanishga yordam beradi”, — degan edi “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov Xalqaro press-klubning yig‘ilishida.

Xalqaro bozorga chiqish vazifasini soha oldiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ygan. 1992-yildan boshlab, o‘zining butun faoliyati davomida “O‘zbekneftgaz” O‘zbekiston hududidan tashqarida loyihalarni amalga oshirmagan.

200 dan ortiq korxona va kompaniyalarni birlashtiruvchi “O‘zbekneftgaz” MXKning quvvati bir yilda 60 — 70 milliard kubometr tabiiy gaz, sakkiz million tonna suyuq uglevodorod qazib chiqarish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda