AQSh Markaziy razvedka byurosi direktori Mayk Pompeo 2016-yilgi prezident sayloviga Rossiyaning aralashuvi maxsus xizmatlar uchun kutilmagan holat emasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“O‘n yillar mobaynida ruslar AQSh demokratiyasiga putur yetkazishga urinayotganini ko‘rib kelmoqdamiz”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning bunday xatti-harakatlari AQShning tegishlicha javob berishiga sabab bo‘lishi lozim.
Shuningdek, Pompeo prezidenti Donald Tramp har kuni kamida 35 daqiqa vaqtini maxsus xizmatlar hisobotlari bilan ishlashga sarflashini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)