“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent–Urganch–Toshkent yo‘nalishi chiptalari uchun reklama tariflarini joriy etdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Endilikda Toshkentdan Urganchga va teskari yo‘nalishga uchish yakka yo‘lovchilar uchun 85 yevroni, guruh tarifi bo‘yicha esa 72 yevroni tashkil qiladi.
Aviachiptalar mahalliy valyutada, Markaziy bankning o‘sha kungi kursi bo‘yicha sotiladi.
Yevroning Markaziy bank bo‘yicha joriy kursi 4396 so‘mni tashkil etmoqda.
Izoh (0)