Yevropa kengashi raisi Donald Tusk Yevroittifoq mamlakatlari yetakchilari Ukrainadagi nizo munosabati bilan Rossiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirish haqida kelishib olganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Rossiya tomonidan Minsk kelishuvlarini bajarish uchun yetarlicha harakatlar amalga oshirilmayotgani sababli, sanksiyalar muddatini uzaytirishga qaror qilishdi. Tuskning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar yarim yilga uzaytiriladi.
So‘nggi marta 2016-yil dekabrida uzaytirilgan sanksiyalarning amal qilish muddati 31-iyulda tugaydi.
Izoh (0)