Turkiya maktablarida o‘quvchilarga evolyutsiya ta’limotini o‘rgatishdan voz kechilmoqda. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Turkiya ta’lim sohasi mutasaddilari biologiya bo‘yicha maktab kursidan evolyutsiya ta’limoti haqidagi bobni olib tashlashga qaror qildi. Soha vakili Alpaslon Durmushning so‘zlariga qaraganda, vazirlik komissiyasi bu nazariyani ortiq darajada bahsli va o‘quvchilar o‘zlashtirishi uchun murakkab deb topdi.
“Bizning fikrimizcha, bu predmet ularning tushunishi uchun qiyinlik qiladi”, — ta’kidladi amaldor.
Nazariyaga bag‘ishlangan bob to‘qqizinchi sinfda o‘tilar edi. Endilikda evolyutsiya ta’limoti bilan bakalavriatda tanishish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)